"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Denilson 2010 yilda "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasining chorak final javob uchrashuvini esladi.

O'shanda Londonda jamoalar 2:2 hisobida durang o'ynashgan. "Kamp Nou"da "Arsenal" birinchi bo'lib gol urdi, ammo yakunda "Barselona" 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Lionel Messi poker muallifiga aylangandi.

“Lionel Messi men qarshi o'ynagan eng yaxshi futbolchi. "Kamp Nou"dagi o'yindan oldin: "Biz g'alaba qozonamiz" degandim.

Ammo o'yinning 15-daqiqasida Messi o'zga sayyoralikka aylandi! U birinchi, ikkinchi, uchinchi, keyin esa to'rtinchi golni kiritdi.

U bu o'yinni o'zi yaratdi. Men hech qachon bunday narsani ko'rmaganman", - deya Denilsonning so'zlarini keltiradi Arsenal Insider.