"Barselona"ning sobiq himoyachisi, hozirda "Lill"da o'ynayotgan Samuel Umtiti tizzasidagi navbatdagi jarohati tufayli uni operatsiya qilishga majbur bo'lganidan keyin faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda. Umtiti deyarli olti yildan beri shu kabi muammolar bilan kurashib kelmoqda.

30 yoshli frantsuz chorshanba kuni operatsiya qilindi va "Lill" bosh murabbiyi Paulo Fonseka futbolchi joriy mavsumda maydonga qaytmasligi mumkinligini istisno etmadi. Joriy mavsumda Umtiti atigi 13ta o'yin o'tkazgan, shundan 6tasi to'liq.

AS nashri xabariga ko'ra, Umtiti jarohatlar bilan kurashishdan charchagan va faoliyatini yakunlash haqida jiddiy o'ylamoqda.