"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo kelajakda o'yinining qaysi jihatlarini yaxshilashi kerakligini aytdi.

"Men konsentratsiyani yaxshilashim kerak. Butun o'yin davomida yaxshi o'ynab, keyin 89-daqiqada konsentratsiyani yo'qotib, hammasini barbod qilishingiz mumkin. Bu borada jiddiy muammolarim bor deb aytmagan bo'lardim, ammo butun 90 daqiqa davomida konsentratsiyani saqlab qolish juda qiyin", - dedi Arauxo Barca Universal bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, Ronald "Barselona" safida 2018 yilning yozidan, Urugvayning "Boston River" jamoasidan ko'chib o'tganidan beri o'ynab kelmoqda.