Kataloniyaning "Barselona" klubi "Napoli" vingeri Xvicha Kvaratsxeliyani o'z safiga qo'shib olmoqchi.

BarcaTimes ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, klub yozgi transfer oynasida transferni amalga oshirishni rejalashtirgan. "Barselona" rahbariyati futbolchini 90-100 million evro evaziga sotib olish mumkin deb hisoblaydi.

Joriy mavsumda Kvaratsxeliya barcha turnirlarda 31 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt internet portaliga ko'ra, futbolchining taxminiy narxi 80 million evroni tashkil etadi. Kvaratsxeliyaning neapolliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar amal qiladi.