
"Napoli"ning yangi bosh murabbiyi Franchesko Kaltsona "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan jurnalistlar bilan gaplashdi.
“Tayyorlanishga vaqtimiz kam, o'zgartirishim mumkin bo'lgan narsa kam. Lekin men allaqachon futbolchilarga hech qanday bahona bo'lmasligimizni aytdim. Biz vaziyatni yaxshilashimiz kerak.
"Barselona" qiyinchiliklarni boshdan kechirdi, ammo ularning kuchi yaqqol ko'rinib turibdi. Bu Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri. Shu bilan birga, albatta, biz qo'rqmaymiz", - deya Kaltsonaning so'zlarini keltiradi jurnalist Janluka di Martsio.
Fikrlar 0