"Barselona"ning sobiq futbolchisi Jerar Deulofeu jamoaning Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqish imkoniyatlarini baholadi.

Turnirning 1/8 finalida Xavi Ernandes shogirdlari Italiya chempioni "Napoli"ga qarshi bahs olib boradi.

"Napoli" bu mavsumda juda ko'p o'zgardi. A Seriyada ko'plab jamoalar ularga qiyinchilik tug'dirdi. Jamoa hozir bir xil o'yin uslubiga ega emas. Menimcha, "Barselona" chorak finalga chiqish uchun favorit", – dedi Deulofeu.

"Napoli" va "Barselona" o'rtasidagi birinchi o'yin bugun Italiyada Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.