
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Jyul Kunde yarim himoyachi Frenki de Yong haqida gapirdi.
Yaqinda niderlaniyalik futbolchi o'tkazgan matbuot anjumanida OAVni o'zi haqida yolg'on gapirishayotgani uchun tanqid qilgandi.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi atrofida ham ko'plab mish-mishlar tarqalmoqda. Kunde yozda "Barselona"ni tark etishi mumkin, chunki rahbariyat uning o'yinlaridan norozi.
"Men Frenkining fikriga qo'shilaman, OAV ba'zida yolg'on gapiradi. De Yong buni aytishi kerak edi va menimcha, u haq edi.
Ko'pincha noto'g'ri vaziyatlar yuzaga keladi", - deya frantsuzning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Fikrlar 0