"Barselona" bosh murabbiyi Xavi himoyachi Ronald Arauxo haqida gapirdi.

Aytish joizki, urugvaylik futbolchini “Bavariya” bilan bog'lashda davom etayotgan mish-mishlar davom etmoqda.

“Men uchun Arauxo “Barselona”ning buguni va kelajagi ekanligiga shubham yo'q. U kiyinish xonasidagi etakchilardan biri va klubimiz kelajagi uchun asos bo'lgan odam”, - dedi Xavi juma kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida jurnalistlarga.

2023/2024 yilgi mavsumda Ronald Arauxo 27 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. 24-fevral, shanba kuni “Barselona” Ispaniya chempionati doirasidagi uy uchrashuvini “Xetafe”ga qarshi o'tkazadi.