Xavi Chempionlar ligasida "Napoli" bilan o'yinni (1:1) esladi.

"Bu jismoniy tarafdan muammo emas. Biz yaxshi ish qilyapmiz. Bu 1:0 hisobida oldinga chiqib olganimizdan keyingi ruhiy muammolar haqida. Biz tinchlanishimiz kerak edi.

Raqib bizdan ustunlik qildi va 10 daqiqa ichida hisobni tenglashtirdi, ammo bu jismoniy tayyorgarlik muammosi emas edi", - dedi “Barselona” ustozi.

Eslatib o'tamiz, Barselonadagi javob o'yini 12 mart kuni bo'lib o'tadi.