Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar ligasi doirasidagi "Napoli" va "Barselona" o'rtasidagi o'yinda almashtirilganiga nisbatan qo'pol munosabati uchun jazolanishi mumkin.

Manbaga ko'ra, Franchesko Kaltsona haqiqatan ham Xvichadan g'azablangan. Futbolchi jarimaga tortilishi va "Kalyari"ga qarshi bo'ladigan o'yinda zaxirada qolishi mumkin. Kaltsona bunday hujumlariga toqat qilmaydi.

Kaltsona gruziyalik bilan gaplashgan va Xvichaga jamoa har qanday o'yinchidan muhimroq ekanligini eslatgan.