"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. Manba bergan xabarga ko'ra, germaniyalik darvozabon Saudiya ligasi klublaridan biri bilan shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Ter Shtegen 2014 yildan beri "Barselona"da o'ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida darvozabon kataloniyaliklar bilan 16 ta sovrin, jumladan, UEFA Chempionlar ligasini qo'lga kiritdi.

Joriy mavsumda Ter Shtegen “Barselona” safida barcha musobaqalarda 20 ta o'yin o'tkazib, 28 ta gol o'tkazib yuborgan. Futbolchining ispan klubi bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.