Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini “Tumanli Albion”da davom ettirish imkoniyatiga ega. Todofichajes jurnalistlarining yozishicha, frantsiyalik futbolchi bilan Londonning “Chelsi” klubi qiziqmoqda.

Klublar potentsial kelishuv bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan. Manba bergan xabarga ko'ra, "Chelsi" Kundeni 50 million evroga sotib olmoqchi, "blaugrana" esa kamida 70 million evro.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 25 yoshli himoyachi Kataloniya grandi safida 23 ta o'yin o'tkazdi. Jyulda bitta gol va ikkita golli uzatma bor.