
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi himoyachi Andreas Kristensenning yarim himoyachi sifatidagi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Murabbiyning so'zlariga ko'ra, daniyalik futbolchi o'zining yangi pozitsiyasida yaxshi o'ynayapti.
“Bu pozitsiyada asosiy narsa himoyada yaxshi holatda qolishdir. U juda sodda o'ynaydi, paslarni o'tkazib yubormaydi va bizga etishmayotgan himoya kuchini beradi", - deya Xavining so'zlarini keltiradi Barca Times.
Joriy mavsumda 27 yoshli Kristensen “Barselona” safida 30 ta o'yin o'tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0