
Huquqlari "Barselona"ga tegishli bo'lgan markaziy himoyachi Pau Kubarsi Evropaning ikki top-klubi qiziqish doirasiga tushib qoldi.
Bu haqda Todofichajes sahifalarida xabar berilgan.
Manba bergan xabarga ko'ra, 17 yoshli futbolchini o'z safiga "Bavariya" va Frantsiyaning "PSJ" klublari qo'shib olmoqchi.
Kubarsining "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2026 yilda tugaydi va uning tovon puli bor-yo'g'i o'n million evroni tashkil qiladi.
Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida himoyachi "Barselona" tarkibida sakkizta o'yin o'tkazdi va ikkita sariq kartochka oldi.
Fikrlar 0