"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes boshqa top-klublar orasida katta talabga ega.

Sport xabariga ko'ra, ispaniyalik murabbiy "Barselona"dan ketishini e'lon qilganidan beri bir oy ichida unga 5 ta katta jamoa murojaat qilgan.

Oldinroq Xavi kelasi mavsumda hech qanday klubni boshqarish niyatida emasligini, chunki u bir yillik ta'til olish niyatida ekanini aytgandi.

Biroq, ba'zi nomlari oshkor etilmagan jamoalar Ernandesning fikrini o'zgartirishga umid qilishmoqda.