Madridning "Atletiko" klubi "Barselona"ga hujumchi Joau Feliksni doimiy ravishda qo'yib yuborishga tayyor bo'ladigan summani aytdi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik forvard ayni damda “ko'k-anorranglilar” safida ijara asosida o'ynamoqda.

Jurnalist Luis Roxoning yozishicha, “Atletiko” portugaliyalik uchun 70-80 million evro tovon puli talab qilmoqda. "Barselona" "matraschilar"ga bu summa moliyaviy inqiroz sharoitida klub uchun juda katta miqdor ekanligini darhol ma'lum qildi.

"Ko'k-anorranglilar" keyingi mavsum uchun yana bir ijara shartnomasini tuzishga harakat qiladi.