"RB Leyptsig" himoyachisi David Raum "Barselona"ga o'tishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning so'zlariga ko'ra, kataloniyaliklar Raumning holatini kuzatib borishmoqda. 25 yoshli himoyachiga APL va Bundesliga klublaridan ham qiziqishlar borligi haqida xabarlar bor - avvalroq gap "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya"si haqida ketayotganiga oydinlik kiritilgan edi.

Joriy mavsumda Raum Bundesliganing 23ta uchrashuvida 2ta gol urdi va 6ta golli uzatmani amalga oshirdi.