
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Andreas Kristensen klubni tark etishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga javob berdi.
“Men umuman hech qaerga bormayman. Men bu erda juda baxtiyorman va yozdan keyin shu erda qolishdan boshqa hech narsa haqida o'ylamayman”, — dedi daniyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli himoyachi 2022 yilning yozida "Barselona"ga o'tgan edi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
Fikrlar 0