Lissabonning "Sporting" klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim Angliya Premer-ligasining bir qancha klublari qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassisni yozda qo'lga kiritish muammoli bo'ladi, chunki uning shartnomasida tovon puli 30 million evroni tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, Amorim avvalroq “Chelsi” yoki “Liverpul” klubiga tayinlanishi haqida mish-mishlar tarqalgandi.

“Ko'k-anorranglilar” xo'jayinlari uchun Ruben Maurisio Pochettino o'rniga asosiy nomzod bo'lib turibdi, uning rahbarligida jamoa ayni damda Angliya premer-ligasida o'ninchi o'rinda bormoqda.