Yaqinda ispaniyalik mashhur futbolchi Andres Inesta professional futbolchilik faoliyatidagi 1000-uchrashuvini o'tkazdi.

Qizig'i shundaki, Inesta 1000 ta o'yinda hech qachon qizil kartochka olmagan.

Klub darajasida Andres Inesta faoliyati davomida "Barselona", "Vissel Kobe" va "Emireyts"da o'ynagan. Yarim himoyachi Ispaniya terma jamoasida ham yuzdan ortiq o'yin o'tkazgan. Andres may oyida 40 yoshga to'ladi.