"Barselona" yarim himoyachisi Pedri kecha "Atletik Bilbao"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

RAC 1 ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalik jarrohlik amaliyotini talab qilmaydi. Futbolchi mavsum yakuniga qadar safga qaytishni kutmoqda.

Joriy Ispaniya chempionatida Pedri ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.