Marca gazetasi sahifalarida "Real Madrid"ning "Barselona"dan ustunligi haqida so'z yuritilgan nashr e'lon qilindi.

"Qirollik klubi" endi transfer masalasida "ko'k-anorranglilar"ni hisobga olmaydi.

"Real Madrid" va "Barsa" klublar imkoniyatlari o'rtasidagi hozirgi farqni tushunishadi. Shu sababdan madridliklar yulduz futbolchilarni taklif qilish borasida kataloniyaliklardan ustun ekaniga ishonch bildirmoqda.

Turli vaqtlarda "ko'k-anorranglilar" Vinisius, Rodrigo, Bellingem, Gyuler, Endriklarga qiziqish bildirishgan, ammo bu futbolchilarning barchasi "Real Madrid"ni tanlagan.