«Manchester Siti» Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Kopengagen»ni o'z maydonida qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi.Xosep Gvardiola jamoasi Evropaning eng nufuzli musobaqasida ketma-ket 30 ta o'yindan buyon yutqazmayapti (28 g'alaba va 2 durang). Chempionlar ligasi tarixida bu ikkinchi seriya hisoblanadi. «Siti» ushbu ko'rsatkich bo'yicha «Barselona»dan keyin 30+ natija qayd etgan ikkinchi jamoaga aylandi.Kataloniyaliklar 2013-2020 yillarda EChLning ketma-ket 38 ta uy o'yinida mag'lub bo'lishmagandi.