"Barselona" himoyachisi Joau Kanselu kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

"Ushbu mavsumdan keyin "Barselona"da qolish umidingiz bormi? - Ha, ha, bunga ishonaman!" - dedi Kanselu.

Joau Kanselu "Barselona"da ijara asosida o'ynaydi.

29 yoshli himoyachining huquqlari "Manchester Siti"ga tegishli.

Portugaliyalikning Premer-liga giganti bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.

Eslatib o'tamiz, nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Joau Kanseluni 40 million evroga baholamoqda.

“Barselona” navbatdagi o'yinni 8-mart, juma kuni o'z maydonida “Malorka”ga qarshi o'tkazadi.