"Barselona" Puma bilan hamkorlikdan qancha pul olib topishi ma'lum bo'ldi.

Avvalroq Kataloniya klubi Nike bilan hamkorlikni bekor qilishi va Puma bilan 2025/26 yilgi mavsumda kuchga kiradigan shartnoma imzolashi mumkinligi ma'lum bo'lgandi.

Jurnalist Jerar Romeroning yozishicha, payshanba kuni Puma bosh direktori Arne Froyndt "Barselona" rahbarlari bilan uchrashib, hamkorlik shartlarini taklif qilgan.

Nemis brendi “Barselona”ga yiliga 200 million evrogacha maosh to'lashga tayyor. 115 million evro doimiy to'lovlar bo'ladi, klub yana 85 millionni bonuslar ko'rinishida olishi mumkin.

Nike bilan shartnomaga ko'ra, "Blagurana" 85+20 million evro oladi.