"Barselona" markaziy himoyachisi Inigo Martines jamoadoshi Lamin Yamalni maqtadi. Juma kuni 16 yoshli vinger kataloniyaliklarga “Malorka” ustidan g'alaba keltirdi va o'yindagi yagona golni 73-daqiqada kiritdi.

"Lamin - o'ziga xos futbolchi, bunday iqtidorga egalar juda kam. Umid qilamizki, u xuddi shunday ruhda davom etadi, lekin biz unga g'amxo'rlik qilishimiz kerak, chunki u juda yosh", - dedi Martines o'yindan keyingi intervyusida.

Lamin Yamal iyul oyida o'zining 17 yoshini nishonlaydi. Futbolchining "Barselona" asosiy jamoasidagi debyuti o'tgan mavsumda, futbolchi 15 yoshda bo'lgandi.