"Barselona" "Bavariya" hujumchisi Erik-Maksim Chupo-Motingga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Sport.es.

Manba bergan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar futbolchini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi. 34 yoshli kamerunlik futbolchining “Bavariya” bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi.

Shupo-Motingga Premer-liga, A Seriya va Saudiya Arabistoni jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Bu mavsumda kamerunlik futbolchi 27 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.