"Barselona" o'z brendi ostida liboslar tayyorlamaydi.

RAC1 nashrining ma'lumotlariga ko'ra, o'z brendi ostida formalarni chiqarish imkoniyati amalda istisno qilingan.

Qayd etilishicha, hozirgi homiy Nike taklifni yaxshilagan, Puma esa 20-30 million evro ko'proq to'lashga tayyor va Amerika brendi bilan shartnomani bekor qilgani uchun mumkin bo'lgan tovon pulini to'lashga rozi.

Tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.