"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta Xavi Ernandesning mavsum yakunida klub bosh murabbiyligidan ketishi haqidagi qarori haqida gapirdi.

"Men unga do'st va klub muxlisi sifatida hamdardman. Uning o'z ishiga qanchalik ishtiyoqi va klubga qayg'urishini bilaman. Xavida aqlbovar qilmaydigan ishtiyoq bor. Dunyoda hech kim "Barselona"ga u kabi qayg'urmaydi. Xavi o'z ishini shaxsiy shon-shuhrat uchun emas, balki klubni sevgani uchun qiladi", - deydi Inesta.