"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi faxriysi Serxi Roberto jamoadoshi Pau Kubarsining harakatlarini yuqori baholadi.

17 yoshli kataloniyalik futbolchi Chempionlar ligasi pley-off bosqichining 1/8 final javob o'yinining (3:1) eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

"Pau Kubarsi aql bovar qilmas salohiyatga ega! U haqiqatan ham maydonda eng yaxshi futbolchi edi. O'z yoshida barchamizni hayratda qoldirdi.

Umid qilamanki, Kubarsi butun faoliyati davomida "Barselona" sharafini himoya qilishda davom etadi", — dedi Serxi Roberto UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.