Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Robert Levandovski o'tgan yozda erkin agent sifatida "ko'k-anorranglilar" safiga ko'chib o'tgan yarim himoyachi Ilkay Gyundogan bilan bir jamoada o'ynaganidan juda mamnun ekanligini aytdi.

"Gyundogan darajasidagi futbolchi bilan qorong'uda ham o'ynash mumkin. U har doim mukammal holatda. Ilkay ba'zida hech qanday fikrsiz yugurgandan ko'ra, o'z pozitsiyangizni oqilona tanlab, jim turish yaxshiroq ekanini isbotlaydi" - dedi Levandovski o'yindan keyingi intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Gyundogan va Levandovski Dortmundning "Borussiya" jamoasida o'ynagan va bu jamoa bilan Chempionlar Ligasi finaliga qadar etib borgan.