“Barselona” markaziy himoyachisi Ronald Arauxo 17 yoshli Pau Kubarsi bilan o'yin haqida fikr bildirdi.

“Kubarsi ajoyib futbolchi. Maydonda bir-birimizni mukammal to'ldiramiz. Umid qilamanki, u "Barselona"da uzoq yillar qoladi. Uning kelajagi biz bilan bog'lanishi kerak", - deya Arauxoning so'zlarini keltiradi Barca Center.

Kubarsi so'nggi haftalarda Evropaning boshqa top-klublari e'tiborini jalb qila oldi. Xususan, futbolchini “Bavariya” va Frantsiyaning “PSJ” klublari sotib olmoqchi.