"Napoli" vingeri Xvicha Kvaratsxeliya "Manchester Siti"ning nishoniga aylandi.

Bu haqda jurnalist Grem Beyli xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "shaharliklar" skauti "Barselona" va "Napoli" o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvida Kvaratsxeliyaning imkoniyatlarini baholash uchun stadionda bo'lgan.

Jamoalar o'rtasidagi o'yin 3:1 hisobida "Barselona"ning g'alabasi bilan yakunlandi. Kvaratsxeliya deyarli butun o'yinni maydonda o'tkazdi, ammo gol urmadi.