Goal portali sahifalarida 1/8 final bosqichi yakunlangach, Chempionlar ligasi favoritlari reytingi yangilandi.

Birinchi o'rin o'zgarishsiz qoldi - mutaxassislar "Manchester Siti"ni asosiy favorit deb bilishadi. Aynan Pep Gvardiola jamoasi o'tgan mavsumda qit'aning asosiy klublar turnirida g'olib chiqqan edi.

"Real Madrid" ikkinchi o'rinda qolmoqda. Lekin uchinchi o'rin ajablanarli bo'ldi - "Atletiko" kuchli uchlikka kirdi. Madridliklar chorshanba kuni "Inter"ni penaltilar seriyasida mag'lub etishdi.

Keyingi jamoalar ketma-ketligi quyidagicha: "PSJ", "Bavariya", "Barselona", ​​"Arsenal", "Borussiya".

15 mart, juma kuni Chempionlar ligasiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.