"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski EChL chorak finalida kataloniyaliklarning raqibiga aylangan "PSJ" haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"PSJ" bilan o'yinlar nafaqat Mbappega ega bo'lgani uchun ham qiyin bo'ladi. Dembele ham bor, u uchun bu o'yinlar, menimcha, emotsional bo'ladi. Biz bu o'yinlarda 1/8 finalda "Napoli"ga qarshi o'ynaganimizdan ko'ra yaxshiroq o'ynashni istaymiz", - deydi polyak.

“Barselona” va “PSJ” o'rtasidagi ilk uchrashuv 10 aprel kuni Frantsiyada, javob uchrashuvi esa 16 aprel kuni Barselonada bo'lib o'tadi.