"PSJ" markaziy himoyachisi Markinos Parij klubi "Barselona" bilan o'ynaydigan Chempionlar ligasining 1/4 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

“O'ylashimcha, “Barselona”ga qarshi o'yinda favorit yo'q. Raqibimiz qanday o'ynashini tushunish uchun uni o'rganish muhim bo'ladi. Biroq, diqqat bizda bo'lishi kerak. Biz "Real Sosedad" bilan ikki o'yinlik qarama-qarshilik davomida o'z kuchimiz va qadriyatlarimizni ko'rsatdik", - deya Markinosning so'zlarini keltiradi jurnalist Adrien Greyner.

Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida “PSJ” “Real Sosedad”ni umumiy 4:1 hisobida mag'lub etdi.