
"Barselona" klubi o'z vingeri Rafinya Diazni yozda Saudiya Arabistoniga sotishi mumkin.
Sport xabariga ko'ra, mahalliy klublardan biri braziliyalik vinger uchun 80 million evro taklif qilgan.
“Barselona” katta miqdorda tovon puli olsa, yozda Rafinyani sotishga tayyor ekani avvalroq xabar qilingandi.
Biroq, Angliya premer-ligasi qiziqish bildirayotganini hisobga olib, braziliyalik futbolchining o'zi Saudiya Arabistoniga o'tishga rozi bo'ladimi yoki yo'qmi, hozircha noma'lum.
Fikrlar 0