"Atletiko Madrid" o'zining hozirgi stadionida o'z uyidagi eng yirik mag'lubiyatini qabul qildi.

Diego Simeone shogirdlari 29-turda “Barselona”ga (0:3) imkoniyatni boy berishdi.

Madridliklar 2017/18 yilgi mavsumdan beri "Metropolitano"da o'ynamoqda. Bu arenada shu kungacha ular uchta to'p farqi bilan mag'lub bo'lishmagandi.

Shuningdek, ular birinchi marta o'z darvozalaridan uchta gol o'tkazib yubordilar.