
Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes “Atletiko”ga qarshi o'yindagi g'alabani kechagi o'yinda ishtirok eta olmagan o'ng qanot himoyachisi Joau Kanseluga bag'ishladi.
“Kancelu juda yaxshi odam, qalbi katta. U "Atletiko" bilan o'yinda bizga qo'shila olmasligidan juda xavotirda edi. Biz g'alabani unga bag'ishlaymiz”, - dedi Xavi matbuot anjumanida.
Kancelu hamon “Manchester Siti”ga tegishli va “Barselona”da ijara asosida o'ynaydi. Joau doimiy ravishda jamoada qolishni istaydi, ammo "shaharliklar" to'liq transfer uchun katta miqdorda tovon talab qilmoqdalar.
Fikrlar 0