Sobiq hakam Negreyra sudda guvohlik bermaslik huquqidan foydalangan.

Kecha ertalab La Liga hakamlar texnik qo'mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Anrikes Negreyra Barselona tergov sudida ko'rsatma berishi kerak edi.

Biroq u Altsgeymer kasalligi tufayli guvohlik bera olmasligini aytib, 20 daqiqadan so'ng sudni tark etgan.

Negreyra avvalroq bu kasallikni tilga olgan edi, biroq tibbiy ko'rik shuni ko'rsatdiki, u sud jarayonida ishtirok etish uchun aqliy salohiyatini saqlab qolgan.

Avvalroq hakam ishni ko'rib chiqishni keyingi olti oyga uzaytirish haqida qaror qabul qilgani xabar qilingandi.