"Barselona"ning sobiq futbolchisi Dani Alves 1 million evro garov evaziga qamoqdan ozod etilishga yaqin.

Barselona sudi chorshanba kuni tegishli qarorni qabul qildi.

Eslatib o'tamiz, Alves avvalroq to'rt yarim yil qamoq jazosiga hukm qilingandi - u zo'rlashda aybdor deb topilgandi.

Shov-shuvli voqea 2022-yil oxirida Barselonadagi tungi klubda sodir bo'lgan. Alves apellyatsiya berdi va uni ko'rib chiqish jarayonida sobiq futbolchi garov evaziga ozodlikka chiqishi mumkin. Oldinroq Alves ispan adliyasidan qochmoqchi emasligini ma'lum qilgandi.