
"Barselona"da o'ynayotgan hujumkor yarim himoyachi Ferran Torres Ispaniya La Ligasini Angliya Premer-ligasiga o'zgartirishi mumkin. Ispaniyalik futbolchining xizmatlariga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda.
Ferranning "blaugrana" bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Futbolchining transfer qiymati 35 million evroga baholanmoqda.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 24 yoshli yarim himoyachi 21 ta o'yinda maydonga tushdi. Torres hisobida ettita gol va ikkita golli uzatma bor.
Fikrlar 0