"Xavi fikrini o'zgartirmasligini va iyun oyida ketishini ta'kidlamoqda, ammo... ko'ramiz. Hali ham uni keyingi mavsumda saqlab qolishga umid qilaman, ammo bu faqat unga bog'liq", – dedi Laporta.

Avvalroq Xavi 2023/24 yilgi mavsum yakunida "Barselona" bosh murabbiyligidan ketishini e'lon qilgandi. 44 yoshli mutaxassis jamoani 2021 yilning noyabr oyidan buyon boshqarib kelmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" 29 turdan keyin 64 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "Real" bilan oradagi farq 8 ochkoni tashkil etmoqda.