"Barselona" yozgi transfer oynasida "Everton"dan yarim himoyachi Amadu Onanani sotib olishga umid qilmoqda.

Biroq kataloniyaliklar 60 million evro sarflashga qurbi etmaydi. 22 yoshli belgiyalik taxminan shu summaga baholanmoqda.

Agar “Everton” kutilmaganda Premer-ligadan tushib ketsa, Onananing narxi tushib ketadi, ammo “Barselona” uni qo'lga kiritishda baribir qiynaladi. Vaziyatni inobatga olgan holda, kataloniyaliklar o'z rejasini ishlab chiqishdi. Ular o'z futbolchilarini kelishuvga qo'shishmoqchi.

Sport.es nashri xabariga ko'ra, klub Kleman Langle, Serjino Dest, Ansu Fati va Fermin Lopes kabi futbolchilarni taklif qilishi mumkin.