"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Twitchdagi o'z faoliyatini davom ettirdi.

Yaqinda translatsiya paytida mutaxassisdan Enrikening sobiq klubi bo'lmish "Barselona"ning hozirgi tarkibidan qaysi biri "PSJ"da asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkinligi haqida so'rashdi. Enrikening fikricha, har qanday top-jamoada o'ynashga yaroqli bo'lgan etti nafar kataloniyaliklar futbolchilarini nomini aytdi.

"Shubhasiz, Ter Shtegen, Arauxo, Kunde, De Yong, Gyundogan, Yamal, Levandovski. Bular nafaqat "PSJ"da, balki "Manchester Siti", "Bavariya" va "Arsenal"ning ham asosiy tarkibiga loyiq futbolchilar" - dedi Enrike.