Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Rafinya Diasga “Al-Hilol” qiziqmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni jamoasi braziliyalik uchun 100 million evro taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

Jurnalist Xoakim Pera bergan xabarga ko'ra, Angliyaning "Nyukasl" klubi Rafinya uchun kurashda "Al-Hilol" bilan raqobatlashishga tayyor.

Biroq ular sudiyaliklar bergan taklif bilan chiqa olmaydi. Klub braziliyalikning Evropada qolish istagi asosiy rol o'ynashiga umid qilmoqda.