
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchi Ansu Fati bilan xayrlashishga qaror qildi. Hozirda "ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi Angliya Premer-ligasida "Brayton"da ijara asosida o'ynamoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar berishicha, Kataloniya grandi rahbariyati Ansuni sotishdan 60 million evro ishlab olishni istamoqda.
Joriy mavsumda hujumchi 23ta o'yinda ishtirok etgan. U to'rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 21 yoshli ispaniyalikning "chayqalar" bilan shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi. Transfermarkt portali uning narxini 30 million evroga baholamoqda.
Fikrlar 0