
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi o'zining yosh iqtidori Lamin Yamalning yozda Olimpiada o'yinlarida ishtirok etishini istamayapti. Bu haqda Sport nashri xabar tarqatdi.
Ammo manbaga ko'ra, Agar Ispaniya federatsiyasi Yamalni Olimpiadaga chaqirishga qaror qilsa, "Barselona" hech narsa qila olmaydi. Bu masala Federatsiya va futbolchining xohishiga bog'liq.
16 yoshli Yamal bu mavsumda kataloniyaliklar safida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.
Fikrlar 0