Mashg'ulotlar jarayonida "Barselona" himoyachisi Jyul Kunde yangi pozitsiyada o'zini sinab ko'rmoqda.

Sport.es xabariga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes frantsiyalik futbolchini yarim himoyachi sifatida o'ynatmoqda.

Kunde o'zining bexato o'ynashi va tezligini oshirib borishi, shuningdek, oldinga qarab pozitsion hujumlarni yaxshilashi tufayli yarim himoyaga o'tkazildi.