"Barselona" vitse-prezidenti Rafa Yuste "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavining klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

"Umid qilamanki, u shu erda qoladi. Biz u bilan uzoq muddatli loyihani muhokama qilmoqdamiz va bir-ikki mavsum haqida gapirmayapmiz.

Biz Xavini klubda qolishga ishontirishga harakat qilamiz, ammo endi hammasi uning o'ziga bog'liq", - deya Yustening so'zlarini keltiradi AS.